Eshitdik-da! "Bunyodkor" a'zosi Turkiya klubiga o'tmoqda

Sherzod Nurmatov
12 avg 2023, 18:22
"Bunyodkor" himoyachisi Jahongir O'rozov faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Ma'lumotlarga qaraganda, 19 yoshli futbolchi ayni paytda Turkiyada bo'lib turibdi va u "Eyyupspor" klubiga o'tmoqda.

"Eyyupspor" Turkiya Birinchi ligasida o'ynaydi. Jamoa bosh murabbiyi Arda Turan, jamoa sardori esa Rayan Babel hisoblanadi.

Jahongir O'rozov ushbu mavsum "Bunyodkor" tarkibida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 360 daqiqa harakat qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia