Eshitdik-da! Bobir Abdixoliqovning yangi klubi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 fev 2024
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Bobir Abdixoliqov 2024 yilgi mavsumni "Ordabasi" safida boshlamaydi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Bobir Abdixoliqovning "Ordabasi" bilan shartnomasi yakunlandi va hujumchi erkin agent sifatida Qarshining "Nasaf" klubi bilan shartnoma tuzdi. 

Eslatib o'tamiz, Abdixoliqov 2015-2020 yillar davomida "Nasaf" safida faoliyat olib borgan. Shu davr mobaynida hujumchi klub tarkibida jami 134ta o'yin o'tkazib 50ta gol urgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia