Eshitdik-da! Andrey Shipilov "Metallurg"ni tark etishi mumkin

Narzulla Saydullayev
14 mar 2021, 13:59
Bekobodning "Metallurg" klubida o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, Superliganing 1-turidagi "Surxon"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan keyin bosh murabbiy Andrey Shipilov jamoani tark etgan. Ayni paytda futbolchilar yordamchi murabbiylar qo'l ostida shug'ullanishmoqda. 

"Metallurg" Superliganing 2-turini 16 mart kuni o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubiga qarshi o'tkazadi. 

Ma'lumot uchun, Andrey Shipilov 2017 yil dekabr oyidan buyon "Metallurg" klubi bosh murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi.


 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia