Eshitdik-da! "Andijon"ga bo'ydor legioner himoyachi kelmoqda

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2025
"Andijon" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, "burgutlar" safiga chernogoriyalik 27 yoshli markaziy himoyachi Miomir Jyurichkovich qo'shilishi kutilmoqda.

191 santimetr bo'yga ega Jyurichkovich faoliyati davomida "Shole" (Fransiya), "Rudar", "Iskra", "Grbal", "Buduchnost" (barchasi Chernogoriya), "Saraevo" (Bosniya va Gertsegovina) kabi klublarda to'p tepgan.

Futbolchi ikki marta Chernogoriya chempioni bo'lgan va ikki marta Chernogoriya kubogi sohibiga aylangan. Jyurichkovich 2024 yilda "Saraevo" klubining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia