Eshitdik-da! "Andijon" safiga transfer narxi 700 ming evro bo'lgan argentinalik hujumchi qo'shiladi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2023, 15:38
Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in olib borayotgan klub argentinalik forvard bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Bizga ma'lum bo'lishicha, faoliyatining asosiy qismini Argentina chempionatida o'tkazgan hujumchi Federiko Andrada "Andijon" yig'iniga qo'shiladi. 

Ma'lumot o'rnida, 28 yoshli futbolchi faoliyati mobaynida "River Pleyt", "Mec", "Atletiko Rafaela", "Kilmes", "Veles Sarsfild", "Bari", "Union Santa-Fe", " Aldosivi", "Atletiko Tukuman" va "Deportes La-Serena" jamoalarida o'ynagan. 

Transfermarkt portali uning narxini 700 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia