Eshitdik-da! "Andijon" mavsumning dastlabki qismini boshqa stadionda o'tkazishi mumkin

Sherzod Nurmatov
19 yanv 2023, 13:25
Ayni kunlarda Andijondagi "Bobur Arena" o'yingohida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bizga yetib kelgan ma'lumotlarga qaraganda, stadion Superliga yangi mavsumi startiga qadar tayyor bo'lmasligi ehtimoli mavjud. Ushbu xolatda "Andijon" yangi mavsumning dastlabki qismini Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida o'tkazishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Yaypandagi stadion o'tgan mavsum "Turon"dan tashqari "Neftchi" va "Qo'qon-1912" klublariga ham xizmat qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia