Eshitdik-da! Abbos Fayzullayev faoliyatini RPLda davom ettiradi

Оқил Абдубарноев
27 iyul 2023, 20:27
"Paxtakor" yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev faoliyatini Rossiyada davom ettiradi.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, "Paxtakor" yarim himoyachisi Abbos Fayzullayevning keyingi klubi Rossiyaning SSKA klubi bo'ladi. 

Ma'lumot uchun, "armiyachilar" 13 karra Rossiya chempioni va shuncha marta mamlakat kubogi sohibi hisoblanadi.

2022/23 yilgi mavsumda jamoa Rossiya Premer-ligasida ikkinchi o'rinni egalladi.

Fayzullayev joriy mavsum "Paxtakor" safida O'zbekiston Superligasi doirasida 6 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, yarim himoyachi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birgalikda qita chempioniga aylandi hamda jahon chempionatining nimchorak finaliga qadar yetib bordi.

Qolaversa, u joriy yil milliy terma jamoasi tarkibida debyut qildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia