Ertangi qur'a tashlash marosimida Sami Al Jaber va Park Ji Sun qatnashadi

Narzulla Saydullayev
11 apr 2016, 13:39
Ertaga Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Jahon chempionati-2018 saralashining 3-bosqichi uchun qur'a tashlash marosmi bo'lib o'tadi.

“Mandarin Oriental” mehmonxonasida bo'lib o'tadigan qur'a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi. Unda 12 terma jamoa JCH-2018 saralashi 3-bosqichi uchun o'z raqiblarini bilib olishadi. Jamoalar 6tadan ikki guruhga bo'lingan holda JCH-2018 final bosqichi yo'llanmasi uchun kurashni davom ettiradilar. Qur'a tashlash marosimida Osiyoning mashhur futbolchilari Sami Al Jaber va Park Ji Sun qatnashishadi.

"Jahon chempionatiga chiqish har qanday futbolchining orzusi hisoblanadi. Ishonchim komilki barcha 12 jamoa Rossiyadagi mundialga borish uchun qo'llaridan kelgan ishni qilishadi", - deydi Janubiy Koreya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Park Ji Sun.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi qur'a jarayonida Saudiya Arabistoni bilan birga 3-savatdan joy oladi va bu jamoa bilan to'qnash kelmaydi.

Birinchi savatcha
Eron va Avstraliya

Ikkinchi savatcha
Janubiy Koreya va Yaponiya

Uchinchi savatcha
Saudiya Arabistoni va O'zbekiston

To'rtinchi savatcha
BAA va Xitoy

Beshinchi savatcha
Qatar va Iroq

Oltinchi savatcha
Suriya va Tailand

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia