Ertaga yangi formatdagi UEFA Chempionlar ligasini ZO'R TVda ko'ramiz

Aslanov Jasurbek
17 sen 2024
Ertaga UEFA Chempionlar ligasining yangi formatdagi musobaqasiga start beriladi.

Taxminan bir oy oldin saytimizda ZO'RTV LaLiga va yana bir yirik musobaqa translyatsiyasini sotib olgani haqida ma'lum qilgan edik.

Bu ikkinchi turnir UEFA Chempionlar ligasi edi. Ertadan boshlab joriy mavsumning muhim o'yinlarini ZO'RTV kanalida tomosha qilishingiz mumkin. Xabar tayyorlanayotgan vaqtda kanalning kunlik ko'rsatuvlar jadvali taqdim etilmagan, shu sabab 17 va 18 sentyabr kunlari qaysi bahslar jonli efirda ko'rsatilishi haqida ma'lumot bera olmaymiz.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia