Ertaga Samvel Babayan bilan birinchi matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2015, 16:37
9 iyul kuni soat 12:00 da O'zbekiston Futbol Federatsiyasining anjumanlar zalida O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Samvel Babayan bilan birinchi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Tadbirda O'FF va PFLda akkreditatsiyadan o'tgan OAV vakillari ishtirok etadi.

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 19-26 iyul kunlari Toshkentda birinchi o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Bosh murabbiy terma jamoaning ichki resurslarini ko'zdan kechirish maqsadida, yig'inga O'zbekiston chempionatida o'ynaydigan 24 nafar futbolchini taklif etgan.

Samvel Babayanning bosh murabbiy sifatidagi ilk rasmiy uchrashuvi, hozircha, 3 sentyabr kuni Toshkentda Yamanga qarshi o'yin bo'lishi kutilmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi Jahon va Osiyo chempionati saralash bahslarini 16 iyunda Shimoliy Koreyaga qarshi 2:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshlagan. Bugungi kun holatiga qadar H saralash guruhida 2 ta o'yinda 6 ochko jamg'argan Shimoliy Koreya va Filippin terma jamoalari peshqadamlik qilib turishibdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com