Ertaga O'zbekiston kubogiga qur'a tashlanadi va final o'tadigan stadion aniqlanadi

Tolibjon Qosimov
20 mar 2024
O'zbekiston kubogining bu yilgi mavsum guruh bosqichiga ertaga, 21 mart kuni qur'a tashlanadi.

Jarayon Sport-TV orqali 19:30 dan boshlab jonli efirga olib chiqiladi. Qayd etish kerak, shu kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Gonkong bilan safar uchrashuvida ishtirok etadi. O'zbekiston kubogi qur'asi esa mana shu bellashuvdan keyin efirga chiqishi ko'zda tutilgan.

O'tgan mavsumda bo'lgani kabi bu yil ham guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Superliga va Proliga klublari musobaqani shu bosqichdan boshlaydi. Qolgan 10 ta jamoa nomiga esa Birinchi liga jamoalari saralash o'yinlari orqali aniqlik kiritadi. Liga Birinchi liga jamoalarini to'liq saralab olgach, kubokning saralash bosqichi haqida alohida ma'lumot beriladi.

Bundan tashqari, ertaga final uchrashuviga mezbonlik qiladigan stadion nomi ham aniqlab olinadi.

O'zbekiston Kubogi finalini qabul qilishi mumkin bo'lgan stadionlar nomi e'lon qilindi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ПФЛ матбуот хизмати