Ertaga “Neftchi” yoshlari “Andijon”ga qarshi o'ynashadi

Narzulla Saydullayev
15 yanv 2016, 13:11
Baxrom Haydarov ustozligidagi “Neftchi” o'rinbosarlarining navbatdagi raqibini ma'lum qilamiz.

Farg'onalik yosh va iqtidorli futbolchilarni o'zida jamlagan xolda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Haydarov jamoasi 16 yanvar kuni “Andijon” jamoasining asosiy tarkibiga qarshi nazorat bahsida ishtirok etadi. Andijon shahrida bo'lib o'tadigan o'yin soat 11:00da boshlanishi reja qilingan.

Eslatib o'tamiz, “Neftchi” yoshlari  so'nggi nazorat o'yinida Quvasoyning “Cementchi” jamoasi 3:2 hisobida taslim qilishgan edi.

“Neftchi” PFK  matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz