Ertaga "Lokomotiv" va "Paxtakor" qaysi liboslarda maydonga tushishi ma'lum bo'ldi

Tolibjon Qosimov
28 apr 2018, 15:33
Ertaga, 29 aprel kuni Superliganing 9-turiga start beriladi.

Turning markaziy o'yinida O'zbekistonning amaldagi chempioni – "Lokomotiv" poytaxtning yana bir klubi – "Paxtakor"ga qarshi bahs yuritadi.

Bugun mazkur o'yin oldidan har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Bu haqda "temiryo'lchilar" matbuot xizmati xabar berdi. O'yin komissari Mamur Saidqosimov rahbarligida o'tgan yig'ilishda uchrashuvning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, jamoalar o'yinni qanday libosda o'tkazishlari masalasi hal etildi.

Unga ko'ra, "Lokomotiv" o'yinni ananaviy qizil-yashil-yashil libosda o'tkazadi. Jamoa darvozaboni to'liq qora rangdagi formada maydonga chiqadi. "Paxtakor" esa sariq rangli formada o'ynaydi. "Sherlar" posboni yashil libosda o'z darvozasini qo'riqlaydi.

Ta'kidlab o'tamiz, "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi ertaga "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Bahs soat 20:00da start oladi. O'yin Sport telekanali orqali jonli efirda ko'rsatiladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: lokomotiv.uz