Ertaga “Lokomotiv” – “Istiqlol” o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Narzulla Saydullayev
9 apr 2017, 14:42
Xabaringiz bor, 11 aprel kuni “Lokomotiv” qita chempionlar ligasi guruh bosqich o'yinlari doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi. Jamoamiz 4-tur o'yinlari hisobidan Eronning “Istiqlol” klubini qabul qiladi.

Ertaga mazkur bellashuv oldidan o'yinoldi rasmiy tadbirlar o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Jumladan, soat 11:00da har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tadi va unda jamoalarning oldindagi bahsda qanday rangdagi libosda o'ynashlariga oydinlik kiritiladi. Shuningdek, soat 12:00da “Istiqlol” jamoasi bosh murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 12:30da esa Andrey Miklyaev jurnalistlarning savollariga javob qaytaradi.

Ta'kidlab o'tamiz, “Lokomotiv” – “Istiqlol” bahsi indinga soat 16:00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz