Ertaga "Istiqlol" "Kosonsoy"ga qarshi to'rtta kamera qo'yadi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2014, 14:27
So'nggi turlarda hakamlardan aziyat chekayotgan "Istiqlol" jamoasi ularga qarshi kurashish yo'lini topgan ko'rinadi.
Ertaga jamoa o'z maydonida "Kosonsoy" klubiga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuvda g'alaba qozongan jamoa yakuniy sakkiztalikka kirishi va keyingi etapga o'tish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shu bois bu bahs "Istiqlol" jamoasi uchun juda muhim. Agar hakamlar jiddiy xatoga yo'l qo'yadigan bo'lsalar, to'rtta kameradan iborat aniq dalillar bo'ladi.

"Yaxshi hakamlarimiz ko'p, ammo ularning orasida o'yinni buzayotganlari ham bor. Afsuski, hamma yerdagi o'yinlar TV orqali ko'rsatilmaydi. Ertangi o'yinga bosh murabbiyimizdan tashqari biz ham o'yinga alohida tayyorgarlik ko'ramiz", - deydi jamoa vice-prezidenti Shohid Tillaboev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia