Ertaga YCHL yarim finaliga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
23 apr 2015
Ertaga Yevropa chempionlar ligasi yarim finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadigan tadbirda yarim final juftliklari ma'lum bo'ladi.

Chorak final yakunlariga ko'ra yarim finalda "Bavariya" (Germaniya), "Barselona" (Ispaniya), "Yuventus" (Italiya) va "Real Madrid" (Ispaniya) klublari yo'llanma olishdi.

Qur'ada hech qanday cheklovlar bo'lmaydi. Yani istalgan klub istalgan raqibga tushishi mumkin. 

Qaysi jamoa nomi yozilgan shar birinchi bo'lib olinsa o'sha jamoa yarim finaldagi ilk uchrashuvni o'z maydonida o'tkazadi. Dastlabki o'yinlar 5/6 may, javob bahslari 12/13 may kunlari bo'lib o'tadi.

Qur'a vaqtida finalda qaysi juftlik g'olibi nominal mezbon bo'lishi ham aniqlanadi.

Final uchrashuvi 6 iyun kuni Berlindagi "Olimpiashtadion" stadionda bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia