Ertaga Dostonbek Hamdamovga sovrin topshiriladi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2016, 08:42
2015 yil Osiyo qitasida eng yaxshi yosh futbolchisi deb o'zbekistonlik Dostonbek Hamdamov tan olingandi.

Futbolchining o'zi Hindistonda o'tgan taqdirlash marosimida ishtirok eta olmagani bois sovrinni hali olmagandi.

"Dostonbek Hamdamovga beriladigan “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini 13 yanvarda o'yindan keyingi matbuot anjumanida topshirilishi kutilmoqda", - deb yozadi O'FF matbuot kotibi Sanjar Rizaev tvittyerdagi o'z sahifasida.

Eslatib o'tamiz, ertaga O'zbekiston olimpiya terma jamoasi U23 Osiyo chempionati 1-turida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia