Ertaga Coca Cola O'zbekiston kubogi yarim finaliga qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
11 dek 2020, 18:50
12 dekabr kuni Coca Cola O'zbekiston kubogi chorak final bahslari o'tkaziladi.

Chorak finalning dastlabki ikki o'yini soat 13:00da, keyingi ikkita o'yin soat 16:00da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'zPFL hamda “Sport-TV” o'zaro kelishib, yarim final uchun qur'a tashlash marosimini so'nggi ikki o'yin yakuniga yetishi bilan o'tkazishga qaror qildi. Qur'a tashlash marosimi so'nggi o'yinlar tugashi bilan “Sport-TV” orqali jonli namoyish etiladi.

Qur'a avvalgi sodda formatda o'tadi. Bunda savatchadan birinchi olingan klub yarim finalni o'z maydonida o'tkazadi, keyingi jamoa esa o'z-o'zidan uning raqibiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz