Errera: "Ronaldu hozirgi darajasiga chiqish uchun ko'p mehnat qilgan, ammo tug'ma istedod bo'lgan Messini tanlayman"

Alisher
8 may 2020, 14:30
"Atletiko" yarim himoyachisi Ektor Errera "Barselona" forvardi Lionel Messi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldudan birini tanladi.

"O'ylaymanki, bu dunyoning eng yaxshi qarama-qarshiligi. Men ularning har birini hurmat qilaman va qadrlayman, ammo Messini tanlayman. U tug'ma istedod. Men Krishtianuning qilgan ishlariga ko'z yuma olmayman, chunki hozirgi darajasiga chiqish uchun ko'p mehnat qildi, ammo men Messining istedodini tanlayman.

Men tez-tez unga qarshi o'ynamayman, ammo Messini qiyinroq raqib deb hisoblayman. Uning bir necha sekundlardan so'ng nima qilishini bilolmaysiz.

Bu dunyodagi va futbol tarixidagi ikki eng kuchli futbolchilardir. Ular hurmatga loyiqdir", - deydi Errera.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: GQ