Errera: "YCHLdan chiqib ketganimiz adolatli bo'lmadi"

Mirjalol Normatov
22 may 2022, 18:15
PSJ futbolchisi Ander Errera mavsum yakunlari borasida gapirdi.

- Mavsumni yaxshi boshlagandik, ammo keyinchalik g'alati voqeliklar bo'lib ketdi. YCHLdan chiqib ketdi, menimcha bu adolatsiz bo'ldi. "Real"ga qarshi ajoyib o'yinlar o'tkazdik, ammo raqiblar keyingi bosqichga chiqdi.

Bu biz uchun og'ir zarba bo'ldi. Ha, muxlislarning kayfiyatini to'g'ri tushunamiz, biroq bizning o'zimiz ham bundan anchagina xafa bo'ldik.

- Ushbu mavsumni PSJ uchun yaxshi o'tdi deb atsa bo'ladimi?

- Bir mavsum yomon o'tib, kelasi mavsumda chempionlikka erishilsa, mavsumni yaxshi desa bo'ladi. Biroq YCHLdan chiqib ketganimizni inobatsa  olsak, unchalik yaxshi deb bo'lmaydi. O'shanda yaxshi o'ynagandik.

Chepion bo'lish oson emas. "Barselona" yoki "Atletiko" jamoalar chempion bo'la olmadi. Shu sababli chempionlikni ham qadrlash kerak, - dedi Errera.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal