Eron terma jamoasi futbolchisi APL klubiga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2018, 13:03
Eron terma jamoasi hujumchisi Vohid Amiri faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga yaqin.

30 yoshli forvard "Everton" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Futbolchi ingliz klubiga erkin agent sifatida o'tishi mumkin.

Amiri JCH-2018da Eron terma jamoasi safida guruh bosqichining uchchala uchrashuvida ham asosiy tarkibda maydonga tushdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Persian Football