Eron Pro ligasi. "Istiqlol" safarda durang o'ynadi, Amonov maydonga tushirilmadi

Оқил Абдубарноев
4 may 2022, 21:10
Eron chempionatining 25-turidan o'rin olgan "Sepaxon" - "Istiqlol" uchrashuvi yakunlandi.

Mehmonlar tarkibida o'zbekistonlik futbolchi Azizbek Amonov ushbu o'yinda zaxirada qoldirildi. Uning jamoasi esa safarda 1:1 hisobida durang o'ynadi. "Istiqlol" tarkibida Muhammad Daneshgarning 8-daqiqada kiritgan goliga mezbonlardan Georgi Gveleshiani 14-daqiqada javob qaytardi. Shu tariqa, uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi.

Ochko yo'qotganiga qaramay, "Istiqlol" 57 ochko bilan chempionatda peshqadamlik qilmoqda. Sherzod Temirov to'p tepadigan "Persepolis" esa bir o'yin kam o'tkazgan holda 50 ochko bilan ularni taqib qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia