Eron - O'zbekiston. O'monlik hakam boshqargan o'yinlarda qanday natija qayd etganmiz?

Iskandarov Abdulaziz
24 mar 2025, 12:23
JCH-2026 saralash bosqichining muhim pallasidamiz. Ertaga bizni Eronga qarshi uchrashuv kutmoqda.

Mazkur uchrashuvni o'monlik FIFA referisi Ahmad Abu Bakar Al Kaf  boshqaradigan bo'ldi. Ushbu hakam muxlislarimizga tanish bo'lib, avval ham turli yosh toifasidagi terma jamoalarimiz o'yinlarida hakamlik qilgan. U ishlagan o'yinlarda vakillarimiz 3 ta g'alaba, 2 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan, to'rtinchi hakam sifatida faoliyat olib borgan bellashuvda 1 ta g'alaba qo'lga kiritilgan. Qiziq fakt shuki, JCH-2018 saralash bosqichi doirasida Tehronda o'tgan Eron bilan bahs aynan Al Kaf zimmasiga yuklatilgandi. U so'nggi bor JCH-2026 3-saralash bosqichida Toshkentda O'zbekiston - KXDR bellashuvida bosh hakam vazifasini bajardi. 

2016 yil. U-23 Osiyo Kubogi

Guruh bosqichi. 2-tur

O'zbekiston - Iroq 2:3


2018 yil. U-23 Osiyo Kubogi

Final

O'zbekiston - Vetnam 2:1


2022 yil. U-23 Osiyo Kubogi

Guruh bosqichi. 3-tur

O'zbekiston - Eron 1:1


Yarim final

O'zbekiston - Yaponiya 2:0

JCH-2018 saralash bosqichi

Uchinchi raund. 

Eron - O'zbekiston 2:0


Osiyo Kubogi-24 

Guruh bosqichi. 1-tur

O'zbekiston – Suriya 0:0

O'zbekiston – Tailand 2:1 (to'rtinchi hakam)

1/8 final

JCH-2026 3-saralash bosqichi

Guruh bosqichi. 6-tur

O'zbekiston KXDR 1:0

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia