Eron o'rtoqlik o'yinida Iroqdan ustun keldi

Aziz Tukhtamuradov
4 yanv 2015, 19:08
Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Eron va Iroq terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdilar.

"Rubin" jamoasi va Eron terma jamoasi futbolchisi Syerdar Azmunning kiritgan goli forslarning kichik 1:0 hisobidagi g'alabasini taminladi. 

Eslatib o'tamiz, Eron Osiyo Kubogini Bahraynga qarshi o'yin bilan boshlasa, Iroq Iordaniya bilan kuch sinashadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia