

"report.az" xabariga ko'ra, sobiq futbolchi mamlakatda Maxsi Aminining o'limiga qarshi namoyishlarda qatnashishda ayblanmoqda. Ali Dayidan tashqari yana 15 ming kishi qamoqqa olingan.
Oktyabr oyi boshida u Sagtiz shahrida tashkillashtirilgan namoyishlarda qatnashgani uchun xibsga olingan va qamoqqa jo'natilgandi.
U o'ynagan "Bavariya" klubi rasmiy saytida Ali Dayining taqdiriga befarq emasligini ma'lum qilgan: "Biz Eronning Germaniyadagi elchixonasi bilan bog'landik. Bu savol bizning ham diqqatimiz markazida bo'ladi".
Sentyabr oyi boshlarida 22 yoshli Maxsi Amini policiya tomonidan xibsga olingandi. Shundan keyin Tehronda namoyishlar boshlanib ketgan va mamlakat ijtimoiy tarmoqlarga cheklovlar qo'ygandi. Mahalliy matbuot xabariga ko'ra, 185 kishi namoyishlar davomida halok bo'lgan.



