

Eronning "Football360" portali Eron Pro ligasi 2024/25 yilgi mavsumini faol o'tkazgan xorijlik futbolchilardan ramziy jamoa tuzib chiqdi. O'zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri, "Istiqlol" futbolchisi Jaloliddin Masharipov mazkur ramziy termadan o'rin oldi.
Ma'lumot o'rnida, 31 yoshli Masharipov yakunlangan mavsum Eron Pro ligasida 24 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli pas uzatdi.




