

Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, Eron AQSH terma jamoasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Islom Respublikasi gerbi tasviri bo'lmagan Eron bayrog'i suratini joylashtirganidan norozi. Shikoyat FIFA Etika qo'mitasiga yuborilgan.

Avvalroq AQSH rasmiylari Eronda inson huquqlari uchun kurashayotgan ayollarni qo'llab-quvvatlash belgisi sifatida Eronning rasmiy bayrog'ini olib tashlashga qaror qilganini bildirgan edi.
Biroq keyinchalik ular bazi ijtimoiy tarmoqlardagi postni o'chirib tashlashdi va Twitter'ga haqiqiy bayroqni qo'shishdi.
Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Eron – AQSH uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.



