Ernesto Valverde La Liga klubida ish boshlashi mumkin

Alisher
29 iyun 2020, 10:17
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Valensiya"ni boshqarishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 56 yoshli mutaxassis va uning yordamchisi Jon Aspiazu o'zlariga Valensiyadan uy qidirishmoqda.

"Valensiya" so'nggi 4 o'yinda 3 bor mag'lubiyatga uchradi va La Ligada 8-o'ringa tushib ketdi. Taxminlarga ko'ra, "los ches" rahbariyati hozirgi murabbiy Albert Seladesni iste'foga chiqarishi mumkin.

Valverdening atrofidagi insonlar klub bilan aloqaga chiqishgan va jamoaning atrofidagi vaziyatga qiziqishgan.

Qayd etish kerakki, Valverde 2012 yilning dekabridan 2013 yilning iyuniga qadar "Valensiya"ga murabbiylik qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Onda Cero