Ernesto Valverde "Atletiko" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Alisher
19 fev 2022
"Barselona" sobiq murabbiyi Ernesto Valverde "Atletiko"ni boshqarishi mumkin.

"Matraschilar"ning hozirgi bosh murabbiyi Diego Simeone rahbariyatning to'liq qo'llab-quvvatlanayotganiga qaramay, klub mutaxassisning o'zi kyetishga qaror qilgan taqdirda, boshqa variantlarni ko'rib chiqadi.

Madrid klubi bosslarining bosh favoriti Valverde hisoblanadi. Uni xarakter, tajriba, yetakchilik qobiliyati va g'oliblik mentaliteti uchun qadrlashadi.

Shu bilan birga "Atletiko"ning ayni paytdagi maqsadi Simeone bilan hamkorlikni davom ettirishdir. Klubning maqsadi - kelasi mavsum Chempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish va mavsum oldi tayyorgarligi vaqtida xatolarni tuzatishga harakat qilish.

Oldinroq "Atletiko"ning murabbiylardan biri bilan muzokaralar olib borgani xabar qilingan edi.


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com