Ernandes "Yuventus" bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
29 avg 2014, 18:11
"Yuventus" "Manchester Yunayted" hujumchisi Xaver Ernandes bilan transfer shartlarini kelishib oldi.
Italiyaliklar rahbariyati futbolchining agenti bilan uchrashishgan. Meksika terma jamoasi futbolchisi ikki klub kelishuvini kutyapti. 26 yoshli futbolchi Massimiliano Allegri jamoasiga sotib olish sharti bilan ijaraga o'tishi mumkin. Oldinroq meksikalik futbolchi bilan "Milan" va "Sautgempton" qiziqayotgan edi.

Futbolchi o'tgan mavsumda Angliya chempionatida 24 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru