Ernandes Shveytsariyaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
24 iyun 2021, 23:11
Fransiya termasi himoyachisi Lyuka Ernandes Evro-2020ning 1/8 finalidan o'rin olgan Shveytsariyaga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, futbolchining tizzasida muammolar bor. Shu sababli u Portugaliyaga qarshi o'yin vaqtida almashtirilgan. O'z navbatida uning o'rniga maydonga tushgan Lyuka Dinda ham jarohat bor. Uning ham Shveytsariyaga qarshi uchrashuvda qatnashishi so'roq ostida turibdi.

Fransiya – Shveytsariya uchrashuvi dushanba tunida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport