Osiyo Futbol Konfederatsiyasi OCHL bu yilgi mavsumi final o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, FK Seul (Janubiy Koreya) hamda Guanchjou Evergrand (Xitoy) klublari o'rtasidagi finalning dastlabki o'yinini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Ermatovga qanotlarga Abduhamidillo Rasulov (O'zbekiston) hamda Baxodir Qo'chqorovlar (Qirg'iziston) yordam berishadi. O'zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko esa, uchrashuvda zahira hakami vazifasini bajaradi.
FK Seul hamda Guanchjou Evergrand klublari o'rtasidagi OCHL finali dastlabki o'yiniga 26 oktyabr kuni FK Seul mezbonlik qiladi.
Osiyo Chempionlar Ligasi - 2013.
FINAL. Dastlabki o'yin.
26 oktyabr.
FK Seul (Koreya) - Guanchjou Evergrand (Xitoy)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)
Qanot hakamlari: Abduhamidillo Rasulov (O'zbekiston), Bahodir Qo'chqorov (Qirg'iziston)
Zahira hakami: Valentin Kovalenko (O'zbekiston)
Nazoratchi: Salim Sayid Al Suvaydi (BAA)
Komissar: Robert Jon Torres (Guam)