Eriksson: "Fergyuson meni o'ldiraman deb qo'rqitgan"

Mirjalol Normatov
13 okt 2019, 18:26
Angliya termasining sobiq bosh murabbiyi Sven-Eran Eriksson "Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Ser Aleks Fergyuson bilan munosabatlari haqida gapirdi.

"G'alati tomoni u bir kuni menga qo'ng'iroq qildi va hol-ahvol so'ramasdan, baqirib ketdi. O'shanda men Ueyn Runini termaga chaqirmagandim.

O'sha paytda u meni o'ldirmoqchi deb o'yladim. U menga: "Seni o'ldiraman", deb aytdi. Biroq o'sha paytda ko'z oldimga Angliya termasi keldi va bunday bo'lishim mumkin emasdi.

U menga Runi haqida gapirganidan keyin: "Meni tinch qo'y, o'zingning ishlaring yaxshimi?", deb javob berdim. Shunda ham u menga baqirib tashlagandi", - dedi shvetsiyalik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal