Eriksen Shveytsariya klubida mashg'ulot o'tkazmoqda

Оқил Абдубарноев
31 dek 2021, 19:34
Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen ayni damda Shveytsariyaning "Kyasso" klubida mashg'ulot o'tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, Kristian Eriksen yaqinda "Inter" bilan 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan shartnomani bekor qilgandi. Daniyalik futbolchi joriy mavsumda birorta ham o'yin o'tkazmadi. Yozda u Daniya terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ishtirok etayotganda, o'yin davomida uning yuragi to'xtab qolgandi. Shundan so'ng Eriksen operaciya qilindi va unga defibrilator o'rnatildi. Italiyada bunday qurilma bilan sport o'ynash taqiqlanadi.

Avvalroq Kristian Eriksenning agenti daniyalik futbolchi butsalarini mixga ilish niyatida emasligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Le Matin