Eriksen "Manchester Yunayted"dagi kelajagi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
19 sen 2024
"Manchester Yunayted" futbolchisi Kristian Eriksen yozda jamoadan kyetish haqida o'ylamadi.

"Bu yerda o'zimni yaxshi his qilyapman. Agarda kyetishim kerakligini aytishganida, balki, ketardim. Lekin menga hech kim bunday demadi. Bu yerda yashash menga yoqadi, oilam ham tezda moslashib kyetishdi. Qayerda foydali bo'lsam, o'sha yerda bo'lishga harakat qilyapman. Mavsum oldidan murabbiydan qancha o'yin amaliyotiga ega bo'lishimni so'ray olmayman. Agarda u qo'shimcha daqiqalarni vada qilsa ham, hali mavsum anchagina uzoq davom etadi.

Biz bunday narsalar haqida gaplasha olmaymiz - shunchaki barchasiga qanoatlanib, yuqori mehnat qilib, o'yinga e'tibor qaratish kerak. Shartnomam tugashiga bir yil qoldi. Nimalar bo'lishini bilmayman, ko'ramiz", - dedi Eriksen.

Eriksen MYU tarkibida uchinchi mavsumini o'tkazmoqda. Jamoa tarkibida u 52 o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 10 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail