Eriksen "Inter"dan ketishga yaqin

Alisher
15 dek 2021, 13:37
Daniyalik xavbek Kristian Eriksen Milanning "Inter" klubi bilan hamkorlikni muddatidan oldin to'xtatadi.

Bu haqda Fabricio Romano xabar bermoqda, tomonlar o'zaro kelishuv asosida bu qarorga kelishdi.

Bunga sabab esa yarim himoyachining yuragidir. Kristianga kardioverter-defibrillyator o'rnatilgan, bu esa unga Italiya chempionatida ishtirok etishni taqiqlaydi.

Eriksen faoliyatini vatanida yoki Niderlandiyada davom ettirishi mumkin, uning muammosi bilan u yerda o'ynash mumkin.

29 yoshli futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydnoga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano