Eriksen 2020 yilgacha "Tottenxem"da qoladi va haftasiga 70 ming funt oladi

Aslanov Jasurbek
2 sen 2016, 10:53
"Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen klub bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi.

Ma'lum bo'lishicha, yangi bitim bo'yicha futbolchining maoshi oshadi. Daniyalik haftasiga 70 ming funt oladi, kelishuv 2019/20 mavsum oxirigacha belgilanadi.

Eriksenning amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi, uning hozirgi haftalik maoshi 35 ming funt. Oldinroq Maurisio Pochettino Eriksen bilan shartnomani uzaytirish vaqt masalasi ekanligini aytgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian