Erik Toxir: "Keyingi yarim yil "Inter" uchun juda muhim"

Tolibjon Qosimov
30 noya 2013, 16:15
"Inter"ning yangi prezidenti Erik Toxir yanvar oyidagi transfer bozori haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Yaqin yarim yil biz uchun juda muhim, sababi tizim va rivojlanish strategiyasi o'zgardi.

Xaridlar? Buni barcha rahbarlar bilan kelishib olib boramiz, asosan sport direktori bilan gaplashish kerak.

Yosh futbolchilarga e'tibor bo'ladimi? Barchasi jamoaga kim kerak bo'lishiga bog'liq.

Qancha yangi futbolchi keladi? Bu yerda son muhim emas. Maydonga tushmaydigan futbolchini yaxshi xarid deb atay olmaymiz", – deydi Toxir.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru