Erik ten Xag: "MYU yaxshi vaziyatda"

Aslanov Jasurbek
12 noya 2023, 02:26
"Manchester Yunayted" ustozi Erik ten Xagning fikricha, jamoasining APLdagi holati yomon emas.

"Biz to'qnash kelgan muammolardan keyin ham birinchi to'rtlikka juda yaqinmiz. Biz yaxshi futbol namoyish etib, to'liq tarkibda bir necha hafta yoki oy o'ynay boshlasak, boshqalar ochko yo'qotadi.

APLning so'nggi 5ta o'yinidan 4tasida g'alabaga erishdik. Biz juda yaxshi vaziyatdamiz. Muammolarimizni hisobga olsak, bu haqiqat.

Buyog'iga o'yinimiz darajasini oshirishimiz lozim. Ko'p vaziyat yaratishimiz menga ishonch bag'ishlayati" - deydi ten Xag.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News