

Germaniyalik mutaxassis futbolchi harakatlaridan mamnunligi va klub uni qo'yib yuborishiga yo'l qo'ymasligini ma'lum qilgan. Garsiya ham "Barselona"da qolishga vada bergan.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli markaziy himoyachi "Benfika"ga qarshi bahsda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lgandi.
Avvalroq, Garsiya xizmatlariga "Jirona" va "Komo" tomonidan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgandi.



