
“Falkao haqiqatdan ham jarohat olgan. U menga hech qaerga ketmasligini aytgan edi va shu sababli Falkao klubda qoladi.
Biz uning doimiy yaxshi formada bo'lishi uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Hozirda eng asosiysi u jarohatidan tuzalib tezroq maydonga qaytishi kerak, - deydi Abidal.
Takidlanishicha, Falkao yaqinda Fransiya chempionati doirasida bo'lib o'tadigan “Gengam”ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.