EPLMANAGER: 5-turda eng ko'p ochko ishlagan 5 futbolchi

Aslanov Jasurbek
19 sen 2016, 12:10
EPLMANAGER fentezi saytida sovrinli ligalar ko'payib bormoqda.

Ushbu o'yinda ishtirok etayotgan har bir foydalanuvchi super-kapitan borasida adashmaslikka urinadi. APLning 5-turida super-kapitanlikka mos bo'lgan va eng ko'p ochko ishlagan 5 futbolchini taqdim etamiz.


5. Xuan Suniga

Suniga "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsda bor-yo'g'i 8 daqiqa o'ynadi, ammo 5-turda eng ko'p ochko ishlagan kuchli beshlikka kirishga muvaffaq bo'ldi.


Maydonda o'tkazgan vaqti - 8 daqiqa (1 ochko)

Gollar - 1 ta (6 ochko)

Golli paslar - 1 ta (3 ochko)

Umumiy - 10 ochko.


4. Islam Slimani

Slimani "Lester Siti" tarkibida ajoyib debyut qildi. U "Byornli"ga qarshi bahsda o'z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo'ydi.


Maydonda o'tkazgan vaqti - 90 daqiqa (2 ochko)

Gollar - 2 ta (8 ochko)

Umumiy - 10 ochko


3. Andros Taunsend

Taunsend "Stok Siti"ga qarshi APLning 5-turida o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi. Yarim himoyachi gol va golli pas bilan jamoasining g'alabasiga katta xissa qo'shdi.


Maydonda o'tkazgan vaqti - 85 daqiqa (2 ochko)

Gollar - 1 ta (5 ochko)

Golli paslar - 1 ta (3 ochko)

Quruq o'yinlar - 1 ta (1 ochko)

Umumiy - 11 ochko


2. Kevin De Bryuyne

Kevin o'tgan turda ham gol urishga muvaffaq bo'lgandi. Belgiyalik "Bornmut"ga qarshi bahsda ham o'zini ko'rsata oldi.


Maydonda o'tkazgan vaqti - 75 daqiqa (2 ochko)

Gollar - 1 ta (5 ochko)

Golli paslar - 1 ta (3 ochko)

Quruq o'yinlar - 1ta (1 ochko)

Umumiy - 11 ochko


1. Nosir Shodli

"Vest Bromvich" yarim himoyachisi Shodli "Vest Xem" darvozasiga urilgan barcha 4 ta golda ishtirok etib, turning eng mahsuldor futbolchisiga aylandi.


Maydonda o'tkazgan vaqti - 75 daqiqa (2 ochko)

Gollar - 2 ta (10 ochko)

Golli paslar - 2 ta (6 ochko)

Umumiy - 18 ochko

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia