

"PSJ xarakter ko'rsatdi. Bu biz uchun ham, raqib uchun ham qiyin o'yin bo'ldi. "Tottenxem" ajoyib o'ynadi, ayniqsa, birinchi bo'limda yorqin to'p tepdi. Raqib o'yinchilarimizni yopib qo'ya oldi va juda yaxshi himoyalandi", – dedi Enrike.
PSJ 12 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi jadvalida 3-o'rinda bormoqda. "Tottenxem" 8 ochko bilan 16-pog'onaga joylashgan.



