Enrike kimni Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaydi?

Sherzod Nurmatov
19 noya 2022, 16:10
U allaqachon faoliyatini yakunlagan.

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike terma jamoa tarixidagi eng yaxshi futbolchi nomini elon qildi.

"Bizda juda ko'p ajoyib o'yinchilar bo'lgan, lekin menimcha, bu David Vilya. U terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Ko'plab zo'r ijrochilar bor edi – Kubala, Raul, Butrageno, Inesta va boshqalar. 2010 yilgi jamoadan kimni o'z tarkibimga olgan bo'lardim? Vilya. Uni Morata bilan juftlikda o'ynatardim", – dedi mutaxassis.

Avvalroq Enrike Jahon chempionatidan keyin Ispaniya terma jamoasini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca