"Eng tez liga". Eldor Shomurodov bugun navbatdagi o'yinini o'tkazadi

Alisher
30 mar 2020, 15:37
Sports.ru "Eng tez liga" orqali Rossiya futbolini qaytarmoqda.

RPL klublaridagi futbolchilar qo'llariga joystiklarni olgan holda to'xtab qolgan 23-turdan mavsumni PES (Pro Evolution Soccer)da davom ettirishmoqda.

Bugun kunning markaziy o'yinida "Rostov" (Eldor Shomurodov) "Krasnodar" (Aleksandr Ageev)ni qabul qiladi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.

"Eng tez liga"da ikki xil jadval bo'ladi: birinchisi - chempionat, ikkinchisi esa 8ta o'yinlik alohida jadval. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sports.ru