Eng ko'p maosh to'layotgan top-10 jamoaning nomi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
13 noya 2018, 19:07
"Swiss Ramble" nashri o'tgan 2017/18 yilgi mavsumda futbolchilarga eng ko'p maosh to'lagan jamoalar nomini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, ro'yxatning 1-pog'onasini "Barselona" egallagan. O'tgan mavsumda kataloniyaliklar 487 mln evro maosh to'lashgan. Jamoaning chiqimlari o'tgan mavsumdagiga qaraganda 43 foizga ortgan.

Ikkinchi o'rinda esa "Real" (395 mln evro) qayd etilgan. Kuchli uchlikni "Manchester Yunayted" yakunlab bergan (337).

Top-10 ro'yxatning qolgan qismi shunday ko'rinish olgan:

4. "Manchester Siti" – 296 mln
5. PSJ – 272
6. "Bavariya" – 265
7. "Yuventus" – 259
8. "Chelsi" – 256
9. "Liverpul" – 241
10. "Arsenal" – 232.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Swiss Ramble