“Enfild”dagi qatorasiga 6-mag'lubiyatdan keyin Klopp nimalar dedi?

Eldor Akmurzayev
7 mar 2021
APL 27-turi doirasida o'tgan “Liverpul” – “Fulxem” (0:1) bahsidan keyin mezbonlar ustozi Yurgen Klopp o'z fikrlarini aytdi.

“Fulxem” bizga muammolar tug'dirishi aniq edi. Ular ajoyib formada, bu kuchli jamoa. Barchamiz bu kabi jamoani APLda qolishi kerak deb hisoblaymiz.

Bazi vaziyatlarda uchrashuvning borishiga katta ta’sir o'tkazdik. Tanaffus oldidan urilgan gol esa bizga jiddiy zarba berdi. Bunga to'g'ri yondashishga urundik va yigitlar ham buni uddalashdi. Biroq, yakunda gol urolmadik va bu katta muammodir. Joriy mavsumda o'z formamizga kira olmadik. Yigitlar hali hamon kerakli jihatlarga ega, ammo hozir ularni to'g'ri namoyon eta olishmayapti. Agar vaziyatni bir kunda o'zgartirish imkoni bo'lganda, bu qoyilmaqom ishga aylanardi.

Yigitlarim ham zafar quchishni xohlashdi. G'olib yutqazgan jamoadan ko'ra ko'proq g'alabani istagan, deb aytish oson. O'ylashimcha, muammo bunda emas”, deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, “qizillar” mana 8 o'yindan beri “Enfild”da g'alaba qozona olmayapti. Mag'lubiyatli seriya esa qatorasiga 6 uchrashuvdan beri davom etmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports