Endryu Robertson Ispaniya klubiga o'tishga rozi bo'ldi

Administrator
19 iyun 2025
"Liverpul" himoyachisi Endryu Robertson Madrid "Atletiko"siga o'tish g'oyasini maqulladi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning AS nashri.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 31 yoshli shotlandiyalik futbolchi Yevropa jamoalaridan birida yuqori darajada o'ynashni va Chempionlar ligasida ishtirok etishni davom ettirmoqchi. Takidlanishicha, vengriyalik himoyachi Milosh Kerkezning "Liverpul"ga o'tishi natijasida Robertsonning o'rniga ingliz jamoasida raqobat kuchayadi, shu bois futbolchi jamoa almashtirish haqida o'ylamoqda.


Robertsonning "Liverpul" bilan shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi. O'tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli uzatma bergan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 18 million evroni tashkil etadi.


AdministratorMuallif
Manba: As