Endrik tanishtiruv marosimida yig'lab yubordi va "Real" emblemasini o'pdi

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2024, 16:36
Endrik "Real" futbolchisi sifatida tanishtirilayotganda ko'z yoshlarini tiyib tura olmadi.

18 yoshli hujumchi ispan grandi blan shartnoma imzoladi va "Santyago Bernabeu" stadionida tanishtirildi.

"Xayrli kun. "Bernabeu"ga kelgan barchaga raxmat aytmoqchiman. Buncha ko'p muxlis kelishini kutmagan edim.

Juda xursandman, chunki bolaligimdan "Real" ishqiboziman. Endi "Real"da o'ynayman. Orzuim amalga oshdi" - dedi Endrik.

Endrik yig'lab yubordi va nutqi paytida ikki marta tanaffus qildi. Shundan so'ng u "Real" emblemasini o'pib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: realmadrid.com