

Unda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Uchrashuvda braziliyaliklar tarkibida gollardan birini zaxiradan tushgan Endrik kiritdi. 17 yoshli hujumchi Braziliya terma jamoasi tarkibida dastlabki 2ta golini urish uchun bor yo'g'i 49 daqiqa etarli bo'ldi va bu borada rekord o'rnatdi.
Transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lgan "Palmeyras" forvardi ispanlarga qarshi 2-bo'lim boshida zaxiradan maydonga tushdi va 50-daqiqada gol urdi. Undan oldingi o'yinda Endrik zaxiradan tushib Angliya darvozasiga g'alaba to'pini kiritgan edi.
Eslatib o'tamiz, Pele Braziliya terma jamoasidagi dastlabki 2ta golni urish uchun 64 daqiqa kerak bo'lgan, Ronaldo (so'yloq) esa 529 daqiqada ikkita gol urgan.




